Foydalanuvchilarning hisob yozuvlarini avtomatlashtirilgan boshqarish

Control+S

Muhim axborot resurslariga nazorat ostida kirish

Umumiy soʻzlar bilan

Control+S — bu masofiy foydalanuvchilarning axborot resurslariga kirishini avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi. Dastur foydalanuvchilarning yozuv hisoblarining katta massivlarini boshqarishning samarali va oson usulini ta’minlaydi. Dastur kompleksida samarali ishlash uchun foydalanuvchining ish stansiyasiga oʻrnatiladigan agent nazarda tutilgan. Agent foydalanuvchining hisob yozuvining konfiguratsiyasi parametrlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni toʻplaydi va toʻplangan ma’lumotlarni boshqarish serverining ma’lumotlar bazasiga uzatadi. Foydalanuvchilarning parametrlarini boshqarish toʻplangan ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.

Funksional imkoniyatlari

  • Foydalanuvchilarning gruppirovkasi

    Foydalanuvchilarning oʻz ma’lumotlariga kirishini boshqarishni tashkil etish uchun tizim foydalanuvchilarning turli parametrlar boʻyicha gruppirovkasidan foydalanadi. Buni ham “qoʻlda”, ham avtomatik ravishda qilish mumkin. Bunday yondashuv tizimdan foydalanishni sezilarli darajada soddalashtiradi.
  • Masofiy foydalanuvchilarni nazorat qilish

    Tizim foydalanuvchilarning kompaniyaning axborot tizimlari bilan oddiy ulanishi va masofadan ishlashini ta’minlaydi. Ulanishni nazorat qilish va foydalanuvchilarning ishini boshqarish boshqaruv konsolida sozlanadi.
  • Tarmoq muhiti parametrlarini yigʻish

    Contrlo+Sda tarmoq axborot resurslarini tahlil qilish kompaniyaning infratuzilmasi va serverlarining turli tarkibiy qismlari toʻgʻrisida samarali ma’lumot toʻplash va ularni keyinchalik qayta ishlash uchun tizim ma’lumotlar bazasida saqlash imkonini beradi.
  • Foydalanuvchilarning unifikatsiyalangan bazasini shakllantirish

    Dastur axborot tizimi foydalanuvchilari toʻgʻrisida toʻplanayotgan ma’lumotlarni optimallashtirishni ta’minlaydi. Bunda, olingan ma’lumotlarni yagona ma’lumotlar bazasida normallashtirish, toifalash va qayta ishlash amalga oshiriladi.
  • Bulutdagi ma’lumotlarga kirish

    Tizim fayl omborlarida, tarmoq papkalarida ma’lumotlarga kirishni nazorat qilish mexanizmlarini amalga oshiradi. Foydalanuvchilarnig hisob yozuvlarini boshqarishning moslashuvchan va ergonomik interfeysini samarali va ishonchli boshqaruv bilan birlashtirishni amalga oshirish Control+S dan foydalanuvchi tashkilot uchun ta’sirning ahamiyatini oshiradi.

Tizimning asosiy xususiyatlari

Contrlo+S tizimini yaratishda xalqaro standartlarning eng yaxshi amaliyotlari va talablari hisobga olingan. Tizimning asosiy xususiyatlarini rivojlantirish quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshirilmoqda.
  • Iqtisodiy samaradorlik

    Tizimni boshqarishni avtomatlashtirish hisobiga mutaxassislarning mehnat xarajatlarini tejash, dasturning maqbul qiymati Control+S dasturiy ta’minotidan foydalanishning ijobiy samarasini olish imkonini beradi.
  • Arxitekturaning ishonchliligi

    Tanlangan va amalga oshirilgan vazifalarni yechish usuli avtomatlashtirish mexanizmlarining yuqori darajadagi ishonchliligini kafolatlaydi.
  • Amalga oshirish osonligi

    Tizimni tez joriy etish tezligi hamda uni sozlash va qoʻllab-quvvatlashning past mehnat zichligi.
  • Maqsadlarga e’tibor qaratish

    Tizim funksiyalarining axborot texnologiyalarini boshqarishda servis-yoʻnaltirilgan yondashuvning maqsad va vazifalariga muvofiqligi.
  • Yuqori ish unumdorligi

    Tizimning asosiy funksiyalarining tezligi va infratuzilmaning past yuklanmasi.

Afzalliklar

  • Yagona domen bilan guruh ishi

    Foydalanuvchilarning yagona domenga kirishi foydalanuvchilarni guruhlash asosida aniqlanadi. Bu yagona konsoldan foydalanuvchilarning turli xil hisob yozuvlarining katta massivlarini qayta ishlashga imkon beradi.
  • Umumiy boshqarish domeni

    Tashkilotning maxfiy axborot resurslariga ega infratuzilma komponentlari boshqarish samaradorligini sezilarli darajada oshirishga imkon beradigan umumiy makonga birlashadi.
  • Foydalanuvchilarning domen axborot resurslari bilan samarali aloqasi

    Axborot resurslari bilan ishlashda barcha tranzaksiyalar mijoz dasturiy ta’minotida amalga oshiriladi, unga kirish uchun serverlarda dasturiy komponentlar mavjud emas. Shunday qilib, yuklama foydalanuvchilarning ish stansiyalari boʻyicha taqsimlanadi. Arxitektura tashkilot foydalanuvchilari oʻrtasida axborot almashinuvini maksimal darajada oshirishga imkon beradi.
  • Jarayonlarni avtomatlashtirishning bir necha usullari

    Contrlo+S dasturida infratuzilma elementlaridan toʻplangan konfiguratsiya ma’lumotlarining strukturalashgan massivlarini optimallashtirish bilan foydalanuvchilarning resurslarini avtomatlashtirilgan auditning bir necha usullaridan foydalanishni birlashtiradi. Ushbu usullarni birlashtirish infratuzilmaning joriy holati toʻgʻrisida dolzarb tasvirni beradi.
Biznes-keyslar
  • Ichki korporativ ishi uchun yagona axborot resursi
  • Biznes boʻlinmalari oʻrtasida hujjat almashish portali
  • Masofaviy foydalanuvchilar uchun faylalmashish serveri
  • Foydalanuvchilar katalogi bilan fayl arxivi
  • Uchinchi tomon tashkilotlari bilan hujjat almashish serveri

Mahsulot narxlari va foydalanish shartlari

Control+S dasturiy toʻplamining narxi va foydalanish shartlari, shuningdek texnik qoʻllab-quvvatlash qiymati soʻrov boʻyicha taqdim etiladi.

Ma’lumot olish uchun Siz biz bilan elektron pochta orqali bogʻlanishingiz mumkin: info@biznes-aloqa.uz

Bepul tanishib chiqish uchun dastur soʻrovi shakli

Agar siz Control+S dasturining imkoniyatlari bilan tanishmoqchi boʻlsangiz, soʻrov shaklini toʻldiring va “Yuborish” tugmasini bosing.
"Yuborish" tugmasini bosish orqali siz shaxsiy ma'lumotlaringizni qayta ishlash va saqlashga ongli ravishda rozilik bildirasiz.
Copyright © 2024 Barcha huquqlar himoyalangan.
Bu sayt Cookie fayllarni ishlatadi. Saytdan foydalanib, siz bizning maxfiylik siyosatimizga rozilik bildirasiz.